11 avg 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda bo'lib o'tadigan prof-boks oqshomiga kura tashlandi. Butun O'zbekiston "his qilgan" Abbosxon kim bilan jang qiladi?
13 avgust kuni Lift Promotions Toshkentda o'zining ilk boks oqshomini o'tkazmoqda.
Malum bo'lishicha, oqshomning asosiy kardi avvalida, 8 nafar bokschi o'rtasida kichik gran-pri o'tkaziladi. Ushbu 8 nafar bokschi ichida Abbosxon Yuldashev, Mujibullo Tursunov kabi bokschilar mavjud. Bugun ushbu gran-pri uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qura natijalari:
Abbosxon Yuldashev (1-0) — SHoxrux Kenjaev (debyut);
Mujibullo Tursunov (debyut) — Raxmatillo SHaripov (1-0);
Dastanbek Imankaziev (Qirg'iziston) — Nurim Dilshad (Qozog'iston) (4-0);
Timur Abdurahmonov (debyut) — Farrux Arslonov (2-0).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar