15 may 15:30
Yangiliklar
Gimnastika
Trampolin bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ertaga licenzion musobaqada ishtirok etish uchun jo'nab ketadi
17-21 may kunlari Filippin poytaxti Manila shahrida o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bahslarda Bobur Ahmadaliev va Nikita Babenishevlar yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Sportchilarimiz Olimpiya o'yinlari sovrindori Ekaterina Xilko boshchiligida ertaga Filippinga yo'l oladilar.
Ushbu musobaqada kuchli uchlikka kira olgan sportchilar III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'ladilar. Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu musobaqada hamyurtlarimizga omad tilab qoladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar