20 may 07:01
Yangiliklar
U-20 JCH. Argentina - O'zbekiston uchrashuvi chiptalari sotib bo'lindi, hamyurtlarimizni mashhur klub skauti kuzatib boradi
"A" guruhidan o'rin olgan ochilish uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi. Mazkur o'yin "Estadio Único Madre de Ciudades"da bo'lib o'tadi.
30 mingdan 42 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan mazkur stadionga chiqarilgan barcha chiptalar sotilgani aytilmoqda. Ushbu o'yingohda, shuningdek, Yangi Zelandiya — Gvatemala uchrashuvi ham bo'lib o'tadi.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, dunyoga mashhur klublardan biri skauti bo'lajak uchrashuvda aynan O'zbekiston terma jamoa azosi futbolchilarini kuzatib boradi.
Ushbu skaut bilan Argentinada suhbat davomida saytimiz xodimi terma jamoamizdan Saudiya Arabistoni amalga oshirgan ishni kutayotganini aytgan, skaut esa O'zbekistondan Saudiya Arabistoni emas, balki Marokashning natijasini kutayotganini takidlab o'tgan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati guruh bosqichida Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etgandi, Marokash esa yarim finalga qadar etib borgan.
Bo'lajak uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.
Fikrlar