04 noy 15:36
Yangiliklar

U istedodini behuda sarflamoqda - Kanelo Rayan Garsiyani tanqid qildi
Saul Kaleb Plant bilan bo'lajak jang oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanida jamoadoshi - engil vazn toifasidagi amerikalik Rayan Garsiyani tanqid qildi. Avvalroq Saul Complex'ga bergan intervyusida Garsiyaga ochiqchasiga nasihat qilib, jamoatchilikni hayratlantirgan edi. Plant bilan matbuot anjumanida ham ushbu gaplarini takrorladi.
«Men u bilan gaplashganim yo'q. CHunki Rayan operaciyadan endi tuzalmoqda. Ammo, mening u haqida aytganlarim yomon manoda emas. Bu yaxshi manodagi tanqid. Men Rayan yana bir bor to'g'ri yo'lga kirish uchun motivaciya olishini istayman.
Qarang, Rayan juda buyuk istedodga ega. Biroq, mening nazarimda u ko'p vaqtini va istedodini behuda sarf etmoqda. Garsiyani kuzatib turib, u o'zini 100% boksga bag'ishlaganini ko'rmayapman. Bu biz uchun bu yomon signal. Biz unga hamisha jamoadosh sifatida sport zaliga kelish, mashg'ulot qilish va yangi narsalarni o'rganishni eslatib turamiz.
CHunki barchamiz sport zalida bo'lishimiz zarur. Siz yiliga 5 marta jang qilishga tayyorlanasiz. Faoliyatimni boshlaganimda bir yil ichida 15 ta jang o'tkazdim. SHunday ekan, Rayan biroz fidoiy bo'lishi lozim», - dedi Kanelo.
Fikrlar