29 may 08:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua bilan Britaniyada jang qilishga tayyor, faqat bitta sharti bor
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan uning vatanida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishga rozilik berdi.
Faqat amerikalik chempion Joshua va uning jamoasi oldiga bitta shart qo'ydi. Bu holatda jangning moliyaviy shartlari o'zgaradi.
“Biz Joshuaga Amerikaga kelishi uchun 50 million dollar taklif qilgandik. Agar u bunga rozi bo'lsa, avans sifatida shuncha gonorar olgan ilk bokschiga aylanardi. Lekin Entoni jangning Britaniyada o'tkazilishini xohlamoqda. Biz bunga ham rozimiz. Lekin bunday holatda uning gonorari 20 million dollarga kamroq bo'ladi”, — dedi Uaylder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar