07 iyu 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39971_220.jpg)
Uayt va Ortis kamar uchun saralash jangida ringga chiqishadi
Superog'ir vazn toifasida WBC Silver chempionlik kamari sohibi Dillian Uayt hamda kubalik Luis Ortis o'zaro saralash jangida to'qnash kelishadi.
Ushbu jang g'olibi WBC chempioniga qarshi ringga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Ayni paytda ushbu kamar sohibi amerikalik Deontey Uaylder bo'lib turibdi.
Uayt va Ortis o'rtasidagi jang 28 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tadi. Bugun aynan London shahrida promouter Eddi Xirn ushbu jangga bag'ishlangan matbuot anjumanini o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar