07 okt 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uchinchi jangda Pereyrani mag'lub etishimga ishonaman" - Proxazka
UFC sobiq chempioni, chexiyalik Irji Proxazka Aleks Pereyra bilan uchinchi jangda g'alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
"Ehtimol, sizlar hali ham ishonmayotgandirsiz, ammo men ishonaman — uchinchi jangda Pereyrani engish usulini topa olaman. Aleks og'ir vaznga o'tmoqchi, deyishyapti. Unga aytib qo'yinglar — u erga o'tsa, men ham uning ortidan boraman. Bizning hikoya hali tugamadi. Men hali ham yarim og'ir vaznni o'z divizionim deb hisoblayman. Lekin agar u og'ir vaznga o'tsa, men 93 kg gacha bo'lgan vaznda kamar uchun kurashishni xohlardim", — dedi Proxazka.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar