29 sen 19:42
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uchta Korini ko'rdim". Yadong Sendxagen bilan jangda olgan jarohatini ko'rsatdi + FOTO
Xitoylik UFC jangchisi Song Yadong ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga Kori Sendxagen bilan jangda olgan jarohati suratini joyladi.
"Ikkinchi raunddan boshlab orbital suyak sinishi tufayli menda ko'rish bilan bog'liq muammo bor edi, men uchta Korini ko'rayotgan edim. Keyingi hafta menga titanli plastina o'rnatishadi. O'ylaymanki, yanada kuchliroq bo'lib qaytaman", - deya suratni izohlagan Yadong.
Kori Sendxagen va Song Yadong o'rtasidagi jangda Kori texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar