11 noy 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 269. Ikki chempionlik jangi o'rin olgan oqshomning yana bir qiziqarli to'qnashuvi bekor bo'ldi
11 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da UFC 269 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshom doirasida ikkita chempionlik jangining o'tkazilishi rejalashtirilgan. CHarlz Oliveyra markaziy jangda engil vazndagi chempionlik kamarini Dastin Poredan himoya qiladi. Ikki vaznda UFC chempioni Amanda Nunes esa Juliana Penyaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Afsuski, asosiy karddan o'rin olgan va MMA muxlislari kutayotgan Xorxe Masvidal - Leon Edvards jangi bekor bo'ldi. Bunga amerikalik 36 yoshli Masvidalning mashg'ulotda orttirib olgan jarohati sabab bo'ldi. Ayni paytda UFC rahbarlari Leon Edvardsga yangi raqib izlashyapti.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar