12 iyu 11:40
Yangiliklar
![](/upload/storage/222774_220.jpg)
UFC 275 turnirining bonus sohiblari malum
Etiborlisi, bu safar odatdagidek 4 emas, 5 nafar jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik bonus, yani mukofot pulini qo'lga kiritishdi.
Kutilganidek, oqshomning eng yaxshi jangi sifatida yarimog'ir vazn toifasida kechgan braziliyalik Glover Teyshera hamda chexiyalik Irji Proxazka to'qnashuvi tan olindi. Turnirning markaziy va shu bilan birga qonli jangida Irji o'zidan 13 yoshga katta raqibini bo'g'ish usuli evaziga mag'lub etib, divizionning yangi chempioniga aylandi. Har ikki jangchi 50 00 dollarlik chekka ega bo'lishdi.
SHuningdek, Silvana Xuares (Nya Lyanni nokautga uchratgan), Maxeshat Xaysaer (Stiv Garsiyani mag'lub etgan), Jek Della Maddalena (Ramazan Emeevni birinchi raundda texnik nokautga uchratgan), Jeyk Mettyus (Andre Fialoni taslim etgan) va CHjan Veyli (Yoanna Endjeychikni nokautga uchratgan) ham bonusni qo'lga kiritdi.
Fikrlar