23 iyu 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227788_220.jpg)
UFC 280 turniridan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang malum
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Beneil Dariush o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Mateush Gamrot qarshi jang qilishini tasdiqladi.
"G'olib kamar uchun kurashadi. Men baxtliman. Eng zo'r jangchi bilan kurashishni xohlayman", — deydi Dariush o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi. Ushbu oqshomning markaziy jangi braziliyalik CHarlz Oliveyra va rossiyalik Islam Maxachev o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, amerikalik Aljameyn Sterling va Ti Jey Dillashou ham eng engil vazn toifasida chempionlik uchun oktagonga ko'tarilishadi.
Eslatib o'tamiz, Dariush oxirgi marta 2021 yilning may oyida Toni Fergyuson ustidan g'alaba qozongandi. Gamrot esa so'ngi bor UFC Vegas 57 turnirida rossiyalik Arman Carukyanni ochkolar hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar