18 avg 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 281 turniridan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang malum
Malum bo'lishicha 13 noyabr Nyu-Yorkda (AQSH) bo'lib o'tadigan UFC 281 turnirida yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionligi uchun sobiq davogar amerikalik Dominik Reyes oktagonga ko'tariladi.
32 yoshli Reyesning oktagondagi raqibi 30 yoshli amerikalik Rayan Spennga bo'ladi. Rayan 2018 yilning sentyabrida UFCʼda debyut qilgan. U so'nggi bor UFC on ESPN turnirida moldaviyalik Ion Kucelabani mag'lubiyatga uchratgan.
Reyes esa so'ngi bor 2021 yil may oyida Irji Proxazkaga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, UFC 281 turnirining chempionlik jangida Israel Adesanya Aleks Pereyraga qarshi unvonini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar