So’nggi yangiliklar

14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0 13:40Алабанинг хизматлари "Ювентус" ва "Милан"га таклиф этилди 0 13:13Самарқанд мезбонлик қиладиган Mangu 3 турнири қачон ўтказилиши маълум бўлди. Турнирнинг илк жанги ҳам эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 12:38Стрикленд — Чимаев билан спарринг ҳақида: "Кичкина каламуш. Сен шунчаки ожиз инсонсан" 0 12:12Отабек Умаров FIA Сенати йиғилишида қатнашди 0 11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0

05 dek 13:19
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 296 turnirining bitta jangi jarohat sabab bekor bo'lish arafasida

Teglar :  Gika CHikadzeUFC
16 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC`ning navbatdagi raqamlangan turniri bo'lib o'tadi.

UFC 296 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan bitta jang bekor bo'lish arafasida turibdi. Bunga Giga CHikadzening jarohati sabab bo'lmoqda. Yarim engil vazn toifasi reytingida 8-o'rinni egallab turgan gruziyalik aralash yakkakurash ustasi o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan Josh Emmettga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. 

"Afsuski, son qismimning mushaklarini cho'zib oldim. Tez orada qaytaman!", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Gika.

Hozircha Emmett turnir kardida qoladimi, unga qisqa muddatda jang beriladimi, bunisi noaniq. Lekin amerikalikning o'zi bir necha raqiblarni aytib, ular bilan jang qilish istagini bildirgan. Ammo raqiblar qisqa muddatda bu "vyzov"ni qabul qiladimi? Hamma gap shunda. 

Malumot uchun, CHikadze shu yilning avgustida Aleks Kaseresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Ungacha 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi UFC promoushenidagi hozircha yagona mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. O'shanda u Kelvin Kattarga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib, o'zining 7 ta g'alabali seriyasiga chek qo'ygandi. 

Amerikalik 38 yoshli Josh Emmett esa so'nggi ikkita jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Avvaliga vaqtinchalik kamar uchun kechgan jangda Yair Rodrigesga, keyin esa Iliya  Topuriyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Undan avval esa u ketma-ket 5 ta jangda zafar quchgandi. 

Eslatib o'tamiz, UFC 296 turnirining asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun Leon Edvards hamda Kolbi Kovington o'rtasida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing