23 iyu 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42429_220.jpg)
UFC: Gustafsson jarohat oldi, 4 avgust kungi jang qoldiriladi
Aralash qoidalar bo'yicha shveciyalik sportchi Aleksandr Gustafsson mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida uning 4 avgust kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan jangi bekor qilindi. Bu malumotni Gustafssonning menejeri Nima Safapur ham tasdiqladi.
“Aleks Gustafsson UFC 227 turnirida ishtirok etmaydi. Bunga uning o'tgan hafta mashg'ulot chog'ida tizzasidan olgan jarohati sabab bo'lmoqda. UFC shifokorlari UFC Performance Institute ekspertlari bilan birga olib borgan tashxis qo'yish jarayonidan so'ng shunday qarorga kelindi. SHifokorlar Gustafssonning jang qilishiga ruxsat berishmadi”, - dedi Safapur.
Havola :
Fikrlar