25 avg 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Kovington haqida fikr bildirdi
Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, Kolbi Kovington tez orada oktagonga qaytadi.
"Kolbi jang qilishni xohlaydi, u bunga tayyor. Bizda uning keyingi jangi bilan bog'lik bir qancha rejalar mavjud", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington so'nggi jangini 6 mart kuni Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazgan edi.
So'ngra, jangdan so'ng ham salbiy munosabatlar davom etib, natijada Xorxe Masvidal Kolbi Kovingtonning tishini sindirgani uchun 15 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar