30 sen 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni: “Xabibni eng kuchlilar qatoriga kirita olmayman
UFC sobiq chempioni Tayron Vudli engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni aralash yakkakurash bo'yicha eng yaxshi jangchilar ro'yxatiga kiritmadi.
“Xabib mening eng yaxshi o'nta jangchim qatoridami? Menimcha, yo'q. Menga u yoqadi, juda hurmat qilaman. Menimcha, u yaxshi jangchi. U yaxshi kurash tushadi, biroq hech qachon uni qo'lga kuchli zarbalar berganini ko'rmaganman ”, — deya iqtibos keltiradi Vudli.
Eslatib o'tamiz, Xabib faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o'tkazgan, o'shanda u UFC 254 turnirida amerikalik Jastin Getjini ikkinchi raundda mag'lub etgandi. Jangdan so'ng rossiyalik faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar