19 iyu 10:47
Yangiliklar
UFC'dagi eng o'ziga xos jangchilardan biri ham Zabitning ketishiga munosabat bildirdi
"Aslini olganda, u juda yaxshi edi. Zabit — juda kuchli jangchi. Uning chempion bo'lishi mumkinligiga shubha qilmasdim. O'zining aytishicha, u uch yil davomida mashg'ulotlarga zo'r bera olmaydi, keyin esa yana janglarga qaytib, top jangchiga aylanadi", - deya aytib o'tgan O'Melli o'z YouTube kanalida.
Ilgariroq, Zabit Magomedsharipov jarohati bois faoliyatini yakunlaganini rasman elon qilgan edi. Bungacha, Magomedsharipovning faoliyatini yakunlaganiga Xabib Nurmagomedov, qolaversa Islam Maxachev munosabat bildirgan edi. Biroz o'tib esa, jangchining o'zi faoliyatini yakunlash qaroriga izoh bergandi.
Malumot uchun, SHon O'Melli navbatdagi jangini 2 iyul kuni, UFC 276 doirasida Pedro Munozga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar