19 iyu 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC'dan "qochib qutula olmayotgan" Neyt Diazni jangga chorlashdi
Amerikalik UFC jangchisi Brayan Barberena hamyurti Neyt Diazga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirdi.
"Neyt Diazning jang qila olmasligini aytib, noliganini ko'rdim. Sen bilan yarimo'rta vazndan og'ir vazngacha bo'lgan har qanday vaznda jang qilishga tayyorman. Lekin sen "kaltak eyish"dan qochish uchun qandaydir bahona o'ylab topishingga kafolat beraman", - deb yozgan Brayan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Neyt so'nggi bor 2021 yilning 13 iyunida Leon Edvardsga qarshi jang qilgan edi. Barberena esa ohirgi jangini 3 iyul kuni Robbi Loulerga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Neyt Diaz UFC shtab-kvartirasini tahqirlaganining sababini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar