04 iyu 07:22
Yangiliklar
Tennis
"Uimbldon". Jokovich chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli boshladi
Mavsumning uchinchi "Katta Dubulg'a" turniri - "Uimbldon" start oldi.
Jahonning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich turnirning ilk davrasida ATR reytingida 68-o'rinni egallab turgan Pedro Kachinni uch set natijasiga ko'ra mag'lub etdi.
Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich 6/3, 6/3, 7/6 hisobida g'alaba qozondi. Bu ularning o'zaro o'tkazgan birinchi rasmiy uchrashuvi edi. Novak "Uimbldon" turnirida ketma-ket 29-bahsida zafar quchdi.
Bu Pit Sampras (31), Rojer Federer (40) va Born Borg (41)dan keyin Ochiq eradagi 4-natija hisoblanadi. Serbiyalik tennischi turnirning ikkinchi davrasida avstraliyalik Jordan Tompsonga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar