So’nggi yangiliklar

23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0

27 iyu 08:10
Yangiliklar

Tennis

"Uimbldon"ga qura tashlandi. Nigina Abduraimovaning raqibasi malum!

Bugundan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining saralash bahslari boshlanadi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 44,7 million funt sterlingni (taxminan 52,2 million evro) tashkil etuvchi musobaqaning ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Turnirning mukofot jamg'armasi o'tgan yilgi bilan taqqoslaganda 11,2 foizga oshirilib, musobaqa tarixida rekord darajaga etkazildi.

Qura natijasiga ko'ra mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning birinchi davrasida yaponiyalik Moyuka Uchijimiga qarshi kortga chiqadi. Ayni paytda Abduraimova WTA reytingida 172, Uchijima esa 153-o'rinni egallab turibdi. 

Ushbu juftlik g'olibasi keyingi bosqichda amerikalik tennischilar - Irina Falkoni hamda Sofiya Kenin uchrashuvida zafar quchgan raketka ustasiga qarshi bahs olib boradi. Dunyoning 126-raketkasi bo'lib turgan Kenin 2020 yilgi Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasi hisoblanadi. 

Malumot uchun, Nigina Abduraimova - Moyuka Uchijima uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanishi belgilangan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan beshinchi uchrashuvi bo'ladi. Bungacha barcha qarama-qarshiliklarda Kunchiqar yurt vakilasining qo'li baland kelgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing