So’nggi yangiliklar

20:14Prezident Kubogi. "Ўзбек классико"сида қандай натижа қайд этилди? (Барча натижалар+турнир жадвали) 0 19:01"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда 0 18:39Перейра - Анкалаев жанги ташкил этилса, ким ғалаба қозонади? Хилл жавоб берди 0 18:17Ёш стол теннисчилармизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки давом этмоқда 0 17:54Жонс UFC'даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:29Йўғе?! "Тоттенхэм" посбони "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган 0 17:14Абдулҳаким Шаубаев Осиё Kukmuwon федерацияси президенти этиб сайланди 0 17:06"Амирхон Алихўжаев мен билан жанг қилишдан бош тортди" - тожикистонлик спортчи 0 16:45Артур Бетербиев Бивол билан реванш масаласида мухлисларга мурожаат қилди 0 16:23Аёллар терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 16:01"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум 0 15:39Магомед Анкалаев Перейрага қарши қачон бўлиши ҳақида гапирди 0 15:17Бунгача қайси мамлакатларда Президентлар МОҚ раҳбари бўлган? 0 15:14МОҚнинг қолган раис ўринбосарлари тақдири нима бўлади? 0 14:53"Жошуа учун бу профессионал спортдаги сўнгги йил бўлиши мумкин" — Хирн 0

05 jan 07:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo, Futbol

Ular yanada kuchliroq bo'lib qaytishi lozim yoxud 2022 yilning eng omadsiz o'zbek sportchilari

Ularga 2022 yilda chindan ham omad kulib boqmadi, deb ayta olamiz.

Ha, 2022 yil ham yakuniga etib bo'ldi, bir qancha sport turlarida, yo'nalishlarda muvaffaqiyatga erishildi, teskarisi ham bo'ldi (ha muvaffaqiyat bor joyda uning salbiy "sherigi" ham albatta bo'ladi). Yil yakunida esa barchaning uyida "olive" salati ham paqqos tushirib bo'lindi:) Endi o'tgan yilda unchalik ham omadi chopmagan o'zbek sportchilari haqida "dardlashamiz".

Birinchi navbatda shuni takidlashni istardimki, o'tgan yil davomida o'zbek sportchilari har jabhada faol bo'lishdi, ijtimoiy tarmoqlarda ham, musobaqalarda ham. Ammo shunday sportchilarimiz ham bo'ldi-ki, 2022 yil ular uchun unchalik ham omadli o'tdi, deya olmaymiz...

Zarruh Adashev

Samarqandlik sobiq UFC jangchisi 2022 yil davomida bir marotaba oktagonga ko'tarildi (4 iyun kuni yamaykalik Ode Osborn 11-5 ga qarshi). Ochig'i, bu jang hamyurtimiz uchun UFC'dagi so'nggi imkon edi (shartnoma jihatidan ham), ammo Zarruh Osbornga ilk raunddayoq imkoniyatni boy berib qo'ydi va tashkilotdan ketdi. Osborngacha Zarruh bu promoushenda uchta jang o'tkazib ulgurgan edi (ikkita jangda mag'lubiyat, yana bittasida g'alaba). Adashev 2022 yilda UFC'ga Bellator'dan 3:1 rekord bilan o'tgan edi, hikoya yakunida esa bu raqamlar 4:4 ga aylandi. Qisqa qilib aytganda, UFC va Bellator o'rtasidagi daraja farqini biz afsuski, hamyurtimiz misolida guvohiga aylandik.



Adashev Osbornga mag'lub bo'lganidan so'ng, 4:4 rekordida UFC'dagi "joni" tugadi va ushbu tashkilot bilan xayrlashdi. Xayrlashuv so'zlarida u ilk bora shartnoma imzolayotganlaridayoq yaxshi hissiyotlar qolmaganini takidlab o'tgan edi. Hamyurtimiz faoliyati shu bilan to'xtab qolmasligi, u yana jang qilishini bildirdi. To'g'ri, ko'pchilik muxlislar Zarruhni yaxshi taassurotlar bilan yodga olishmaydi, bu xato fikri ojizimcha. Hamyurtimizning yuqori nazoratida boshlangan jangni ham ko'rdik, xususan so'nggi jangi. Unga shunchaki bu yilda, umuman UFC'dagi kichik "sayohati"da omad etishmadi. Umid qilamizki, fevral oyida bo'lib o'tadigan navbatdagi jangida Samarqand o'g'loni huddi tahallusida bo'lgani kabi "sherdek" g'alabaga erishib, muxlislarini xursand qiladi. Har holda, unda isbotlashi lozim bo'lgan narsalar talaygina...

Mahmud Muradov

UFC'ga birinchi bo'lib "qadam qo'ygan", o'rta vaznda dunyo reytingida 32-o'rinda turuvchi hamyurtimiz so'nggi janglarida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti, deb ayta olmaymiz. U yil davomida bir marotaba jang qildi va mag'lub bo'ldi (22 oktyabr, Kayo Borraloga qarshi, Abu-Dabida). Muradov o'sha jangda aslida yomon harakatlanmagandi ham, u ikkinchi raundda braziliyalik raqibini ancha qiynab qo'ygan edi, ammo u ochkolar hisobiga engildi. Unga chinakamiga omad etishmadi, o'sha kun Mahmudniki emas edi. Yaxshi tarafi, Muradov parterda ishlashi kerak ekanini ko'rib oldi mazkur jang orqali, yomon tarafi esa u buni Jerald Myorshartga qarshi jang orqali allaqachon uqib olgan bo'lishi kerak edi. Hamyurtlarimiz uchun eng afsuslanadigan joyi: "stoyka"da yaxshigina urib turgan paytida, parterga kirib, muhim g'alabalarni boy berganidir. Yani, har kim o'zi ustun bo'lgan uslubda jang qiladi, biznikilar esa raqibining uslubiga qarshi turmoqchi bo'lib, engilishdi.



Hozirgacha Mahmud UFC'da beshta jang o'tkazdi (uchta g'alaba, ikkita mag'lubiyat). Uning o'zi keyingi jangini yanvar yoki fevral oyida o'tkazishini malum qilgan edi. 7 yanvar kuni u o'zi yuritadigan Muradov Professional Ligasining ettinchi musobaqasini o'tkazadi. SHunday ekan, hamyurtimiz kamida mart oyida oktagonga qaytsa kerak. Nima bo'lganida ham, bu jang Mahmud uchun ham katta ehtimol bilan UFC'dagi kelajagini hal qilishi turgan gap.

Isroil Madrimov

Ha, Isroil uchun yil omadsiz kechdi. Qaysi manoda: bir raqbiga qarshi ikkita jang o'tkazib (birinchisi 2021 yilda), muxislarga kim kuchli ekanini ko'rsatib qo'ydi, ammo Soro buni tan olishni istamadi. Franciyalik Mishel Soro (35-3-2)ga qarshi ilk jang 2021 yilning 17 dekabrida bo'lib o'tgan edi. Aynan o'sha jang yo'lga qo'yilgan xato tufayli (bongdan keyin hakam raundni yakunlamagani) hamyurtimiz haligacha Sorodan qutula olmay yuribdi. Aslida ilk jangdayoq kim kuchli ekanini Isroil ko'rsatib qo'ygan edi hammaga. Taniqli boks mutaxassisi Mayk Koppinjer ham bu borada uning yonini olgan edi. Ilk jangda nohaq mag'lubiyatga uchragan Mishel Soroga revansh berildi (2022 yil, 10 iyul). Bu safar ikkinchi raundda Soroning qoshi yorildi va jang texnik durang bilan yakunlandi (prof boks qoidalariga ko'ra, bunday holatlarda oltinchi raunddan so'ng ochkolar hisobalanadi). Birinchi jangdagi g'alabadan so'ng, Isroil birinchi o'rta vazn toifasida (- 69,8 kg) Jermell CHarlo egalik qiluvchi WBA chempionlik kamari uchun davogarga aylanib olgan edi, ammo Soro revansh xohladi. Bunda Mishelni ham ayblab bo'lmaydi. Ammo Soro durang bilan yakunlangan ikkinchi jangdan so'ng, trilogiya ham bo'lishini aytgan edi.



Murabbiy To'lqin Qilichev ikkala tomon o'rtasida kelishuv borligi, qolaversa endi bu jang WBA'ga ham, DAZN va Matchroom'ga ham kerak emas ekanligini aytgan edi. Hozirda Madrimovdan oldinda Tim Czyu (WBC kamariga davogar) va Bahram Murtazaliev (IBF kamariga davogar) bor. Czyu bilan jang 28 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq CHarlo jarohat oldi va jang nomalum muddatga qoldirildi. O'ylaymizki, yangi yilda Soro "bekorchiga" Madrimovni bezovta qilishni to'xtatgan holda uni o'tkazib yuboradi.

Eldor SHomurodov

"Roma" hujumchisi uchun yilni omadsiz o'tdi deyish ham qaysidir manoda xato: u MTJda bu yil faqatgina "yondirdi". Ammo klubdagi faoliyati esa o'zi xohlaganidek bo'lmayapti, bu fakt. U "Roma"ga qanday maqsadlar bilan o'tgani bizga qorongiyu, ammo zahirada o'tirib, ko'pchilikning tilida aytganda "soqqa qilish" uchun o'tmagani aniq. U 2021 yil yozida "Jenoa"dan transfer qilingan edi, Eldordan sal o'tib, rimliklar o'sha paytda porlab chiqqan Temmi Abrahamni olib kelishgan edi, Mourino esa bu holatda Temmiga ishonishi aniq edi, shunday bo'ldi ham.



Hozir "Roma"dagi hujum chizig'ida raqobat SHomurodov uchun baribir qiyinchilik tug'dirmoqda. Uning joyida Mour uchun "Eldorino"dan tashqari Abraham va "Torino"dan olib kelingan Andrea Belotti bor. Eldor "Roma" safida bu mavsum hisobidan rasmiy o'yinlarda sakkiz bor maydonga tushirildi va Eldor bu o'yinlarda bitta gol kiritdi (EL, "Ludogorec"ga qarshi o'yin, 2:1). MTJ o'yinlarida esa to'rtta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib, ikkita gol kiritdi va bitta golga hammualliflik qildi. SHomurodovning "Roma"dan ketishi haqida anchadan buyon gaplar yuribdi. "Torino" anchadan buyon forvardimizga qiziqadi. Bundan tashqari, "Verona" ham uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan haqida xabarlar tarqaldi. Nima bo'lganida ham, Eldor nimalarga qodir ekanini isbotlagan, va buni yana isbotlashi shart. O'ylaymizki, SHoma 2023 yilda klubi miqyosidagi faoliyatini ham o'z o'rniga tushirib oladi.

Anvar Boynazarov

UFC'ga o'tish imkoni bir jangchiga kamdan-kam beriladi, bundan foydalanish esa jangchining o'ziga bog'liq. Bunday imkoniyat 34 yoshli Anvarga 2022 yilda berildi, ammo afsuski u bundan foydalana olmadi. Boynazarov 9 avgust kuni UFC'ga yo'llanma beruvchi Dana White Contender Series'da venesuelalik Erik Silva (9-2)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, ilk raunddayoq muddatidan avval mag'lub bo'ldi. Bu jangdan keyin ko'pchilik o'zbekistonliklar Anvarning MMAda emas, kikboksda yaxshiroq jang qilishini, bu sport Anvar uchun emasligini yozishdi.



Bu mag'lubiyatdan keyin Anvar Boynazarov Xorxe Masvidalning Ikon FC 6 ligasida 2 dekabr kuni tojikistonlik Behzod Usmonov (11-4)ga qarshi jang qilishini malum qildi. Ammo, 2 dekabr kuni Boynazarov oktagonga ko'tarilmadi, Behzod Usmonov esa amerikalik SHojin Miki (10-9)ga qarshi jang qilib, g'alaba qozondi. Mayli, Boynazarovga yangi yilda omadlar tilab qolamiz. Agar u o'tgan yilning yozida Silvani mag'lub etganida, UFC eng engil vaznida ikki nafar o'zbekistonlik jangchini ko'rgan bo'lar edik, baxtga qarshi bunday bo'lmadi.

P.S: SHuningdek, bu erda Ulug'bek Rashitov (Taekvando) va Saidyoqub Qahramonov (MMA, UFC) ham bo'lishi mumkin edi. Ammo, ular 2022 yilni yuqori notada o'tkaza olishdi. Rashitov Osiyo chempionati, Islom birdamlik o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi, Ar-Riyoddagi Gran-Prida kumush medalga ega chiqdi, faqatgina Jahon chempionatida biroz omad etishmadi. Saidyoqub Qahramonov esa ikkita jang o'tkazib, bir g'alaba va bir mag'lubiyatni qayd etdi. Said Nurmagomedovga qarshi o'tgan jangda Qahramonov munosib ravishda jang qildi, u Nurmagomedovni ochiqchasiga qiynay oldi. Bu ikki sportchi uchun yilni omadsiz o'tdi deyish xato bo'ladi...

Muallif — Diyor Mavlonov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing