19 avg 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43771_220.jpg)
Umid Ahmadjonov Jakartada AIBA rahbari G'ofur Rahimov bilan uchrashdi FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.
Assambleya davomida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashib, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashi vice-prezidenti, Xalqaro havaskor boks associaciyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G'ofur Rahimov bilan uchrashdi.
Eslatib o'tamiz, G'ofur Rahimov joriy yilning 27 iyul sanasida O'zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo'mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv o'tkazib, mamlakatda boksni rivojlantirish bo'yicha har qanday yordamga tayyor ekanligini malum qilgandi.
FOTO: Marufjon Asqarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar