08 iyu 20:16
Yangiliklar
Universiada-2019. Azimov ot ustida mashq bajarishda to'rtinchi bo'ldi
Sport gimnastikasining ot ustida mashq bajarish yo'nalishida 60 yaqin atletlar o'rtasida o'tkazilgan saralash bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Abdulla Azimov kuchli sakkiztalikdan joy olgan edi.
Final bahslarida ishtirok etgan Azimov 14,350 ball jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu bahsda uchinchi o'rinni egallagan yaponiyalik Kazuma Kayadan 0,150 ball kam to'plagan Abdulla bu safar to'rtinchi o'rin bilan cheklandi.
Ushbu yo'nalishda universiadaning oltin medalini Xitoy Taypeyi vakili Li CHi Kay (15,400 ball) qo'lga kiritgan bo'lsa, kumush medalga qozog'istonlik Nariman Kurbanov (14.700 ball) sazovor bo'ldi.
SHu bilan sport gimnastika bo'yicha bahslarda qatnashgan talabalarimizning universiadadagi ishtiroki yakunlandi. Ular bugun yurtimizga qaytib kelishadi.
Fikrlar