19 iyu 23:21
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				 
				
			 
				Universiada-2025. Delegaciyamiz hisobida navbatdagi medal!
Germaniyada davom etayotgan nufuzli kompleks turnirida yana bir medalni qo'lga kiritdik.
			Taekvondo terma jamoamizning ayollar o'rtasida 57 kg vazn toifasidagi vakilasi Madina Mirabzalova musobaqaning yarim final bosqichida braziliyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'yganiga qaramay, bronza medaliga ega chiqdi. Bu delegaciyamiz hisobidagi ilk uchinchi natija sanaladi.
Ayollar, 57 kg:
1. Mariya Klara Lima Pacheko (Braziliya)
2. CHayma Toumi (Tunis)
3. Madina Mirabzalova (O'zbekiston)
3. Nikol Lisovska (Polsha).
Ertaga yana ikki talaba-taekvondochilarimiz — SHamsiddin Qurbonov va Dilnoza Tangirova bahslarga kirishadi.
Hozirda O'zbekiston delegaciyasi hisobida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bor.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbtaekwondowt
             
			
Fikrlar