20 may 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Uorrington IBF yo'nalishining yangi chempioniga aylandi
Angliyaning Lids shahridagi “Elland Roud” stadionida stadionida professional boks kechasi o'tkazildi.
Ushbu arena “Lids Yunayted” klubining uy stadioni hisoblanadi. Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Li Selbi ishtirokida bo'lib o'tdi va aynan uning mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Selbi o'z kamarini mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurti Josh Uorringtondan himoya qildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlardan biri 115-113 hisobida Selbi g'alaba qozonganini etirof etdi. Qolgan ikki hakam esa 116-112 va 115-113 hisobida g'alabani Uorringtonga taqdim etishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar