07 iyu 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning sobiq raqibi revansh jangi oldidan Joshuaga maslahat berdi
Britaniyalik bokschi Derek CHisora superog'ir vazn toifasida WVA, WVO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi oldidan Entoni Joshuaga maslahat berdi.
Britaniyalik sportchining so'zlariga ko'ra, Joshua kamarlarni qaytarib olish uchun ringda tajovuzkor boks namoyish etishi kerak.
"U Usikka kuchli zarbalar berishi kerak. Aleksandr har doim ring burchaklarida jang qiladi va Entoni uning harakatini to'xtatish uchun shuning ustida ishlashi lozim.
Bunday bokschini to'xtatishning yagona yo'li bor. Uning tirsagiga, umuman hamma joyiga kuchli zarba berishi kerak. SHundan keyin raqib kamroq harakat qila boshlaydi", - deya CHisoraning so'zlarini keltiradi DAZN.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar