07 noy 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Uzoq kutilgan Saul Alvares - Kaleb Plant jangi muddatidan avval yakunlandi
12 raundga mo'ljallangan Saul Alvares - Kaleb Plant jangi muddatidan avval yakunlandi.
Professional boksning super o'rta vazn toifasida (-76,2 kg) WBC, WBA, WBO chempioni Saul Alvares o'zining navbatdagi jangini Qo'shma shtatlardagi «MGM Grand» arenada IBF chempioni Kaleb Plantga qarshi o'tkazdi. 12 raundga belgilangan to'qnashuv 11 raund davom etdi. 11 raundda Kanelo Plantni nokdaun holatiga tushirdi, bir necha soniyalardan so'ng esa, nokaut qayd etdi. Biroq, Saulning orzusi amalga oshmadi. U Kalebni 6 raundda nokaut qilmoqchi edi. Kaleb Plantning matonatiga esa shunchaki qoyil qolish kerak. Saul Kanelo Alvares mutlaq jahon chempioni!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar