20 may 16:49
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Voyaga etmagan Alina Zagitova avtomobil boshqargani uchun jarimaga tortilishi mumkin
Figurali uchish bo'yicha Olimpiada chempioni Alina Zagitova haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargani uchun jarima to'lashi mumkin.
1 may kuni Zagitova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga avtomobil boshqarayotgani aks etgan videoni joylashtirgandi. Rossiya qonunchiligiga ko'ra, avtomobilni 18 yoshdan boshlab boshqarish mumkin. Video joylashtirilgan vaqtda Zagitova 16 yoshda bo'lgan (18 may kuni u 17 yoshga to'ldi).
Ushbu qoidabuzarlik sabab 5 mingdan 15 ming rublgacha jarimaga tortilishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : Комсомольская правда Ижевск
Fikrlar