12 dek 11:21
Yangiliklar
WBC Devin Xeynining kamariga rasmiy davogar tayinladi
Bu xabarni shaxsan WBC prezidenti Maurisio Suleyman tasdiqladi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik chempion navbatdagi himoya jangini Sandor Martinga qarshi o'tkazadi.
"Men Devin bilan faxrlanaman. U ajoyib bokschi. U birinchi yarim o'rta vaznga o'tdi va chiroyli g'alabaga erishdi. Progreysni nokdaun holatiga tushirib qo'ya oldi. Bu yigit hazillashmayapti. Sandor Martin rasmiy va majburiy davogar. U kutishga rozilik berdi. Navbat unga etib keldi. Biz tez orada ushbu jangni tashkil qilish ishlarini boshlaymiz", — dedi Suleyman.
Malumot uchun, ispaniyalik 30 yoshli Sandor Martin 2011 yildan beri professional boksda faoliyat olib bormoqda. Amerikalik Mayki Garsiyani mag'lubiyatga uchratganidan keyin dunyo boks ommasi etiboriga tushdi. 2022 yilning dekabrida Teofimo Lopesga qarshi jangda munosib qarshilik ko'rsatdi. Hakamlarning ayri qarori bilan yutqazgan bo'lsa-da, o'zidan o'sha oqshom yaxshi taassurot qoldirgandi.
Fikrlar