24 may 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Mujibillo Tursunov hamda Ayubxon Baxtiyorov ishtirokidagi janglarni elon qildi
Iyun oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC gran-prisi davom ettiriladi.
Xabaringiz bor, uch nafar o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustalari — Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov hamda Lazizbek Mullojonov aprel oyida bo'lib o'tgan ilk bosqich doirasidagi janglarida g'alaba qozonishgan edi.
WBC gran-prisi matbuot xizmati Baxtiyorov hamda Tursunov ishtirokidagi nimchorak final janglarini elon qildi.
20 iyun. Yarim engil vaznda nimchorak final jangi: Ayubxon Baxtiyorov (6-0) — Jon Bolano (Kolumbiya, 4-0)
20 iyun. Super engil vaznda nimchorak final jangi: Mujibillo Tursunov (6-0) — Alan Ezikel Dutra (Argentina, 15-0).
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar