So’nggi yangiliklar

17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:10Шон О’Мэлли Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига изоҳ берди 0 12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0

12 iyu 14:21
Yangiliklar

Taekvondo

"WT Diamond Games". Ikkala tarkibdagi taekvondochilarimiz hisobida ham medallar!

Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo'yicha "Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games G4" xalqaro turniri davom ettirildi.

Malum qilganimizdek, bugungi bellashuvlar doirasida 295 kg vazn toifasida aralash juftlik bahslarida ikkita tarkibdan iborat jamoamiz ishtirok etdi. Quvonarlisi, yakunda har ikki to'rtligimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ozodbek Mamadaliev, Yodgor Jo'raboev, Sevinch Hayitova, Ozoda Sobirjonovadan iborat O'zbekiston 1 tarkibi dastlab Singapurni, chorak finalda esa musobaqada birinchi raqam ostida saralangan mezbonlar — Koreya Respublikasini mag'lub etdi. SHiddatli kechgan yarim final bahsida esa omad Qozog'istonga kulib boqdi. SHunday bo'lsa-da, bronza medallari uchun o'tkazilgan jangda hamyurtlarimiz Marokash vakillariga hech qanday imkon qoldirmadi.

O'zbekiston 2 (Diyorbek To'xliboev, SHuhrat Salaev, SHabbona Abduvalieva, Svetlana Osipova) kvarteti esa ilk bosqichda Indoneziya, so'ngra Mo'g'uliston terma jamoasi azolariga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. Final bellashuvida esa avvalroq birinchi to'rtligimizni enggan Qozog'iston termasi ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirildi.

SHunday qilib, "WT Diamond Games" turnirining ikkinchi kungi dasturi doirasida 295 kg vazn toifasida aralash juftlik bahslarida qatnashib, 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga ega chiqdik. Hozircha hisobimizda 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bor.

Ertaga turnirning so'nggi kunida individual janglar tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing