06 noy 09:30
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. "Birinchi"ni mag'lub etgan ikkinchi raketka finalga chiqdi
Meksikaning Kankun shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi WTA Yakuniy turniri davom etmoqda.
Musobaqaning 1/2 final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan polshalik Iga Svyontek belaruslik reyting peshqadami Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib bordi. To'qson etti daqiqa davom etgan uchrashuvda Svyontek raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2.
Polshalik tennis malikasi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni o'z foydasiga yiriklashtirdi - 6:3. Svyontek 2, Sobolenko 3 ta eysni amalga oshirdi. Qo'shxatolar Arinada ko'proq bo'ldi - 4 ga 1! Sobolenko bironta ham breykka ega bo'lmadi, Igada bu ko'rsatkich 3 tani tashkil qildi. Endi Svyontek WTA Finals bosh sovrini uchun amerikalik Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar