13 sen 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib faoliyatini tugatgandan so'ng qancha vazn to'plaganini aytdi
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatgandan so'ng qancha vazn to'plagani haqida gapirdi.
"Faoliyatimni yakunlashimdan oldin 86-87 kilogramm tosh bosardim va 70 kilogrammga vazn qilish uchun o'rtacha 16 kg vazn qaytarar edim. Faoliyatlini yakunladim va 4-5 kg vazn yig'dim. Bunda hech narsani o'zgartira olmayman. 86 kg vaznga qaytishim uchun kuniga 4-5 soat shug'ullanishim yoki bo'lmasam o'zim xohlagandek yaxshi hayot kechirishim mumkin. Nima deb o'ylaysiz qaysi birini tanlayman? Albatta pepsi ichib yaxshi xayotni kechirishni" - dedi Nurmagomedov Emn Channel Youtube kanaliga.
Avvalroq, Xabib Xamzat CHimaevga jiddiy etiroz bildirgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar