31 iyu 12:46
Yangiliklar
Xabib Islam Maxachevning chempionlik jangiga tayyorgarligiga baho berdi
Maxachev va Garri o'rtasidagi jang 16 avgust kuni tongida AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi. Rossiyalik sportchi uchun bu yarim o'rta vazn toifasidagi ilk chempionlik himoyasi hisoblanadi.
"Juda qattiq tayyorgarlik ko'ryapti", — deb izoh qoldirdi Nurmagomedov suratlarga.
Islam Maxachev hozirda 34 yoshda. Dog'istonlik sportchi jangovar sambo bo'yicha Rossiya va jahon chempioni bo'lgan, 2010 yildan buyon MMA qoidalari bo'yicha chiqish qiladi. U UFC`dagi debyutini 2015 yilda o'tkazgan. 2022 yilda tashkilotning engil vazn (70 kg gacha) toifasida chempion bo'lgan va to'rt marta kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan, 2025 yilda esa yarim o'rta vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan.


Fikrlar