28 iyu 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Menga qarshi jang Konor uchun qamoq bo'ladi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga qarshi jang qanday bo'lishi haqida gapirdi.
"Rejam uni holdan toyishga majbur qilish. U qilgan ishi uchun javob berishi kerak. Ishongim kelmayapti, bizning jang tashkil etiladi. Faqatgina shartnomaga qo'l qo'yish va jang manzilini bilib olish qoldi.
Agar oktagondagi 25 daqiqalikni qamoq deydigan bo'lsak, jangimiz Konor uchun qamoqqa aylanadi", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun oldin Konor MakGregor avtobusga hujum qilgani uchun qamoqqa tushmasligi malum qilindi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar