28 iyu 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Xabib Nurmagomedov JCH-2026 pley-off bosqichida hayratda qoldirishi mumkin bo'lgan jamoalarni aytdi
Rossiyalik 37 yoshli UFC shon-shuhrat zali azosi, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov JCH-2026 pley-off bosqichida shov-shuv ko'tarishi mumkin bo'lgan davlatlarni sanab berdi.
"Albatta, pley-offda hammasi juda qiziqarli. Yaponiya, Kolumbiya, Senegal, Marokash. Bu jamoalar chindan ham bizni hayratda qoldirishi mumkin. Har holda men shunday bo'lishini taxmin qilyapman", - deb yozdi Nurmagomedov o'zining Telegram-kanalida.
Malumot uchun, 1/16 finalda Marokash - Niderlandiya, Yaponiya - Braziliya, Kolumbiya - Gana, Senegal - Belgiya juftliklari o'zaro hisob-kitob qiladi. 2022 yilda Argentina terma jamoasi Franciyani mag'lub etib, jahon chempioni bo'lgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar