15 iyu 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov MMA janglarida nimani o'zgartirgan bo'lishi mumkinligini aytdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov MMA janglarida raundlar tizimini bekor qilish kerak deb hisoblashini aytdi.
— Siz raundlarni olib tashlash kerakligini aytgan edingiz.
— Ha. Jangchi besh daqiqa davomida bor kuchini sarflaydi, keyin dam oladi va boshqacha kayfiyat bilan qaytadi. Agar haqqoniy yondashsak, sportchilar oktagonga kirdimi, oxirigacha jang qilishi kerak. Kim g'olib chiqsa, o'sha g'olib bo'ladi. Buni hatto ko'rgazmali jang sifatida ham sinab ko'rish mumkin. Qiziq bo'ladimi-yo'qmi, ko'ramiz", — dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar