30 may 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangi sanasini oshkor qildi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining ilk chempionlik himoya jangini o'tkazishga taraddud ko'ryapti.
Xabib shu yilning sentyabr yoki oktyabr oyida oktagonga chiqishni rejalashtiryapti.
“Juda ko'pchilik keyingi jangim qachon o'tkazilishini so'rab murojaat qilyapti. Hozir bu borada UFC bilan muzokara olib boryapmiz. 9 sentyabr yoki 6 oktyabr kuni chempionlik himoya jangnimni o'tkazaman. Raqib nomi malum emas. Konor Makgregor, Jorj Sent-Per... ochig'i, menga buning farqi yo'q. Ramazon oyi bo'lgani uchun hozir faqat kechqurun mashg'ulot o'tkazyapman”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar