02 okt 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov UFC 280 turnirida Belal Muhammadning burchagida bo'ladi
Sport sharhlovchisi Jon Anikning malum qilishicha, Xabib Nurmagomedov UFC 280 turnirida Belal Muhammadning burchagida sekundant vazifasini bajaradi.
22 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan jangda Belalga SHon Bredi raqiblik qiladi.
"Belal Muhammad UFC 280 oqshomida Xabib Nurmagomedov uning burchagida bo'lishini xabar qildi", - deb yozgan Anik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
UFC 280 musobaqasida Xabibning jamoasidan Belal Muhammaddan tashqari, Islam Maxachev ham navbatdagi jangini o'tkazadi. U chempionlik jangida braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar