26 iyu 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: “UFC Makgregor bilan muzokara boshladi”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tez orada o'zining navbatdagi raqibini bilib oladi.
Rossiyalik sportchining aytishicha, ayni paytda UFC tashkiloti ehtimolli raqiblar bilan muzokara olib boryapti.
“Tez kunda AQSHga etib boraman. Mashg'ulotlarni Kaliforniyada o'tkazaman. Hozirda UFC Konor Makgregor bilan muzokara olib boryapti. Har qanday holatda ham men chempionlik kamarini himoya qilaman. Konor bo'lmagan taqdirda Sent-Per yoki Alvares - Pore jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqaman”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar