28 sen 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib otasini ser Aleks Fergyusonga tenglashtirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov o'z otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovni afsonaviy futbol murabbiyi ser Aleks Fergyusonga tenglashtirdi.
SHuningdek, u sobiq murabbiyi Xaver Mendesni Karlo Anchelotti bilan qiyosladi.
"Menimcha, otam — ser Aleks Fergyuson kabi, Xaver Mendes esa Karlo Anchelottidek. Albatta, Xosep Gvardiola buyuk murabbiy, lekin bu etarli emas. U yana bir necha mavsum, balki o'n yillab topda qolishi kerak. U qancha yildan beri yuqorida? 15 yil? Fergyuson va Anchelotti esa taxminan 30 yil yuqorida bo'lishdi. Xuddi otam va Xaver kabi", — dedi Xabib Okko MMA YouTube-kanaliga.
Havola :
Manba : Okko MMA
Fikrlar