17 iyu 07:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib UFC'dan jangchilarni "tortib olayotgan" o'z ligasi haqida fikr bildirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining Eagle FC ligasini rivojlantirish bo'yicha rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Nazarimda, yana 5-7 yil kerak. Bu biznesda siz o'z kontentingizni yaratishingiz zarur. Buni amalga oshirish uchun bir necha yil kerak. Biz sayohatimizning boshida turibmiz. Aralash yakkakurashlar cho'qqisiga chiqish uchun bizga taxminan 5-7 yil kerak, menimcha", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi BJ Penn.
Avvalroq, mashhur Fyodor Emelyanenkoning ham Eagle FC'ga o'tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar