11 sen 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45010_220.jpg)
Xabib va Konor o'rtasidagi jang oldidan bir necha matbuot anjumani o'tkaziladi
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregorlar o'rtasidagi jang oldidan jahon turi bo'lmasligini, ammo bir necha matbuot anjumani o'tkazilishini aytib o'tdi.
"Biz bir necha matbuot anjumani tashkil qilamiz. Yaqin orada bu haqida elon qilinadi. Jahon bo'ylab tur bo'lmaydi. Buni qilishimiz kerak edi, ammo vaqt tig'iz.
Konor va Xabib faoliyati davomidagi eng muhim jang arafasida turibdi. Ular yaxshi tayyorgarlik ko'rishlari kerak. Jangga bir oydan kam vaqt qoldi. Ammo ungacha jurnalist va muxlislar uchun bir necha ajoyib tadbirlarimiz bor", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar