09 avg 20:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibga vafot etgan otasi xotirasiga g'ayrioddiy sovg'a berishdi (FOTO)
Sobiq UFC chempioni, faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan Xabib Nurmagomedov Nyu-York shahrida muxlislar bilan uchrashuvda noodatiy sovg'a oldi.
Muxlislardan biri rossiyalikka Pokistondagi quduq yonida qizaloq tasvirlangan suratni sovg'a qildi. Suratda aks etgan lavhaga ko'ra, ushbu quduq Xabibning otasi va murabbiyi, marhum Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlab ochilgan. Sovg'ani olgach, Xabib muxlisga minnatdorlik bildirib, u va qizlari bilan suratga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov professional faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi o'tkazib, raqibini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Bu Xabibning faoliyatidagi Xaver Mendes qo'l ostida otasisiz tayyorgarlik ko'rgan yagona jangi edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar