18 iyu 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227208_220.jpg)
Xalakov, Ro'zmetov va boshqa bokschilarimiz Quvaytdagi xalqaro musobaqaga yo'l olishdi
Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida "1-Quvayt xalqaro boks turniri" tashkil etiladi.
Musobaqada 20 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etishadi. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadilar.
Bokschilarimiz bugun murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligida musobaqaga quyidagi tarkibda yo'l olishdi:
-52 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Lazizbek Fattoev
-69 kg: Javlonbek Yo'ldoshev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov
-91 kg: Diyorbek O'ralov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro'zioxunov, Abduvoxid Jalolov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar