11 sen 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev: "Ularning hammasi yolg'onchi"
UFC jangchisi Xamzat CHimaev Neyt Diazdan ko'ra mashhurroq ekanini aytdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda vazn o'lchash marosimini kuzating va kimni ko'proq muxlis tomosha qilayotganini ko'ring. Ko'proq kim mashhur ekanligini tushunasiz. Meni 8 million tomoshabin kuzatdi, Diazni esa 6 million.
Odamlar mening jangimni tomosha qilishni xohlamasligini aytishlari mumkin. Ammo, ular yolg'on gapiradi. Hamma mening janglarimni tomosha qilishni va qotilni ko'rishni xohlaydi. Men professional sportchiman", — dedi CHimaev UFC 279 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, CHimaev aslida Neyt Diazga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin Xamzat belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. SHu sababli, u amerikalik Kevin Xollandga qarshi jang o'tkazdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar