17 jan 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Xollouey Makgregor – Pore juftligiga zaxira bo'lishga tayyorligini aytdi
Kelasi yakshanba tongida Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da uzoq kutilgan UFC 257 turniri bo'lib o'tadi.
24 yanvar kungi ushbu turnirning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu jang Dastin uchun revansh maqomida bo'ladi. U 2014 yil o'tkazilgan ilk jangda Konorga nokaut bilan yutqazgandi.
Bugun Kelvin Kattarni mag'lubiyatga uchratgan amerikalik 29 yoshli Maks Xollouey bir haftada tiklanib olishi va aynan Konor Makgregor – Dastin Pore juftligida zarurat tug'ilsa, kimnidir almashtirishga tayyor ekanligini malum qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar