06 iyu 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorn - Krouford jangi hakamlari malum bo'ldi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jeff Xorn 9 iyun kuni o'z unvonini himoya qiladi.
Filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyaodan ushbu chempionlik kamarini tortib olgan Xorn amerikalik sobiq mutloq jahon chempioni Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi.
Boks oqshomi tashkilotchilari bizning vaqt bilan kelayotgan yakshanba tongida o'tkaziladigan chempionlik jangida ishlaydigan hakamlar brigadasini elon qildi.
Xorn - Krouford jangida amerikalik mashhur referi Robert Berd bosh hakam vazifasini bajaradi. Ochkolarni Adam Xayt (Avstraliya), Bert Klements (AQSH) va Gvido Kavaleri (Italiya)lar hisoblab borishadi.
Havola :
Fikrlar