11 noy 10:52
Yangiliklar
Tennis
Yakuniy ATP turnirining 96,5% chiptalari sotib bo'lindi
Italiyaning Turin shahri tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi Yakuniy ATP turniriga mezbonlik qiladi.
ATP Finals tashkilotchilarining xabar berishicha, ushbu turnirga chiqarilgan 96,5% chipta o'z egalariga etib borgan. Sotuvga jami 166 470 ta chipta chiqarilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Turindagi "Pala Alpitur" arenasida qatorasiga uchinchi yil Yakuniy ATP turnirini qabul qiladi. Serbiyalik Novak Jokovich musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Dunyoning birinchi raketkasi bu yil rekord darajada - ettinchi ATP Finals bosh sovrinini qo'lga kiritishi mumkin.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar