So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

16 iyu 18:02
Yangiliklar

Engil atletika

Yamaykalik "chaqmoq" - Useyn Bolt haqida!

Afsonaviy engil atletikachi, ko'p karra jahon va Olimpiada chempioni hisoblangan yamaykalik sportchi Useyn Bolt haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Useyn Bolt (ingl. Usain St. Leo Bolt) 1986 yilning 21 avgustida Yamaykaning Treloni okrugida  tug'ilgan. Engil atletikachi. Asosan qisqa masofalarga yuguradi. 8 karra Olimpiada, 11 karra jahon chempioni. 8 marotaba jahon rekordini o'rnatgan. 100 metrda 9, 58 sekund, 200 metrda 19,19 sekund, 4x100 metr estafetasida 36,84 sekund natijani qayd etib, jahon rekordchisiga aylangan. 100 va 200 metrlarga yugurish bo'yicha dunyoning eng tez sprinteri.



100 va 200 metrlarga yugurish bo'yicha uchta Olimpiadada ketma-ket (Pekin-2008, London-2012, Rio-2016) oltin medalni qo'lga kiritgan. Yamayka sporti tarixida eng ko'p oltin medalni qo'lga kiritgan sportchi.  Jahon chempionatlarida 11 ta oltin medalni yutib olgan birinchi inson.

Ismi va tezkorligi evaziga "CHaqmoq" laqabini olgan. Sportchining ona tili - yamaycha kreol. Etiqodi - xristian katolik.

Bolaligi

Bo'lajak sportchi Yamayka shimolida joylashgan SHervud-Kontent qishloqchasida, Jenifer va Uelsli Boltlar oilasida tug'ilgan. Oilaning daromad manbai oziq-ovqat do'koni hisoblanardi.

U bolaligida juda sho'x va faol bo'lgan. Uning sevimli o'yini kriket edi. Useyn sevimli o'yinini uyi oldida o'ynar, to'p o'rnida apelsindan foydalanardi.

Ota-ona farzandini Valdensiyadagi boshlang'ich maktabga bergan. Aynan o'sha vaqtlarda Useyn engil atletika bilan shug'ullanishni boshlagan. Boshlang'ich maktabni tugatganidan so'ng 1998 yilda Uilyam Nibb nomidagi o'rta maktabda talim ola boshlaydi. Kriket bo'yicha musobaqalarda u maktabning engil atletika bo'yicha murabbiyi Pablo Makneyl nazariga tushib qoladi. Murabbiy yosh sportchining tezkorligiga qoyil qoladi va Boltga kriketni tashlab, engil atletikaga o'tishni maslahat beradi.



Sportdagi ilk yillari

2001 yilda u engil atletikadagi ilk medalini qo'lga kiritadi. Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Yamayka chempionatida qahramonimiz 200 metr masofaga yugurishda 22,04 natijani qayd etib, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

2004 yilda Useyn Bolt yangi murabbiy Fic Koulman qo'l ostida shug'ullanishni boshlaydi. 2004 yil 11 aprel kuni u musobaqalardan birida 200 metr masofaga yugurish bahslarida 19,93 natijani qayd etib, o'smirlar o'rtasida 19 yillik dunyo rekordni qayd etadi. U shuningdek, bu natijasi orqali 200 metrlik masofani 20 sekunddan kam bo'lgan vaqt ichida yugurgan ilk o'smirga aylanadi.

Yozga kelib Bolt jarohat oladi va bir oydan ortiq shug'ullana olmaydi. Iyulga kelib u yana mashg'ulotlarga qaytadi va shug'ullanishni boshlaydi. Biroq, yana oyog'ida og'riqni his qila boshlaydi. Tashhis natijalari sportchining tiklanishi uchun ikki hafta vaqt kerakligini ko'rsatardi. SHu sababli ham u o'shanda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazib yuborgan. Useynning keyingi musobaqasi Afinadagi Olimpiada bo'lgandi. Biroq, 4 yillikning eng nufuzli turnirida u yana og'riq his qila boshladi va yakunda saralash bosqichida yaxshi natija ko'rsata olmay, turnir bilan hayrlashadi.

2005 yilda u Glen Mills mashg'ulotlar guruhi azosiga aylanadi. Uning mashg'ulotlardagi sheriklari Kim Kollinz va Dueyn CHemberslar bo'ldi. Yangi murabbiyning ilk qilgan ishi sportchidagi jarohatlar sababini aniqlash edi. Mills Useynni tibbiy ko'rikka yuboradi. SHifokorlar unga skolioz diagnozini qo'yishadi. SHuningdek, Boltning o'ng oyog'i chapiga qaraganda 1,3 sm ga kichik ekanligini aniqlaydilar. Ular Useynni sport bilan hayrlashish ehtimoli mavjudligidan ogohlantirdilar. Orada u germaniyalik taniqli ortoped shifokor nazorati ostida davolanadi. Davolanish kurslari yakunlanganidan so'ng u yana mashg'ulotlarni boshlaydi. Oradan biroz vaqt o'tib esa Yamayka chempionati g'olibiga aylanadi. 10 iyulda Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari o'rtasidagi turnirda chempionatning yangi rekordini qayd etib, oltin medal sohibiga aylanadi. Xelsinkida bo'lib o'tgan jahon chempionatining finaliga etib borgan sportchi, hal qiluvchi chiqishda dastlabki 60 metrdan so'ng oyog'ida qattiq og'riqni his qiladi va finishga 26,27 natija bilan oxirgi bo'lib etib boradi. Jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Noyabr oyida esa u mashinasida avtohalokatga uchraydi.

SHu bilan 2006 yilning mart oyida yana mashg'ulotlarga qaytadi.

Birinchi dunyo rekordi

2007 yilning 24 iyunida Yamayka chempionatida 19,75 natijani qayd etgan Bolt mamlakat chempioniga aylanadi. Ushbu natija orqali u 1971 yildan beri saqlanib kelinayotgan mamlakat rekordini yangilaydi. Ushbu g'alaba Useynga Osakada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibga kirib olish imkoniyatini beradi.

2007 yili bo'lib o'tgan jahon chempionati yamaykalik sprinterning faoliyatidagi ikkinchi JCH bo'lgandi. Bolt ushbu chempionatda finalgacha etib borib, ikkinchi o'rinni egallaydi. 4x100 estafetasida jamoadoshlari bilan birga ham kumush medal sohibiga aylanadi.


Olimpiada-2008

Avgust oyi boshida Bolt Pekin Olimpiadasida 100 va 200 metr masofalarga yugurish bahslarida ishtirok etmoqchi ekanligini malum qildi. Musobaqadagi ilk ishtirokini 15 avgust kuni 100 metrga saralash bahslarida ishtirok etish bilan boshlaydi. Bu orada chorak final, yarim finallarda ishtirok etib, hal qiluvchi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 16 avgustda bo'lib o'tgan final bahslarida u Olimpiadadagi ilk oltin medalini qo'lga kiritadi. O'shanda u 9,69 sekund natijani qayd etib, jahon rekordini o'rnatgandi. O'sha yugurishda Bolt finishga 20 metr qolganida qo'lib bilan ko'kragiga urib qo'ygandi. Keyinroq, XOQ prezidenti sportchini ushbu harakatini boshqalarga nisbatan hurmatsizlik sifatida ko'rsatib, tanqid qilgandi. Biroq, Boltning o'zi bu maqtanish emasligini aytib o'tgan. U 100 metrga yugurish bahslarida ilk yamaykalik Olimpiada chempioni bo'lgan.

20 avgust kuni u 200 metrga yugurish bashlarida 19,30 sekund natijani qayd etib, yana dunyo rekordini o'rnatadi va Olimpiadada o'zining ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritadi. 22 avgust kuni esa estafeta bahslarida uchinchi oltin medalni qo'lga kiritgan (afsuski 2017 yilning yanvarida uning jamoadoshida doping aniqlangan va estafetada chempionlikni qo'lga kiritgan to'rttala sportchi ham oltin medallarni qaytarib berishga majbur bo'ladilar).

2008 yilda Isinbaeva bilan birgalikda yilning eng yaxshi engil atletikachisi deb topilgan.



Olimpiada-2012

2012 yilda Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadaning ochilish marosimida u Yamayka bayroqdori bo'lgan.

4 avgust kuni u 100 metrga yugurish bahslarida Olimpiadalardagi to'rtinchi oltin medalini qo'lga kiritadi. 9 avgust kuni esa 200 metrga yugurish bo'yicha yana dunyoning tengsiz sportchisi deb topiladi. Olimpiadaning so'nggi kunida esa u jamoadoshlari blan birga estafeta bahslarida yana oltin medalni qo'lga kiritadi. O'shanda to'g'ridan-to'g'ri efirda Bolt estafeta tayoqchasini hakamga berishni istamagani namoyish etilgandi. Keyinchalik, o'sha tayoqcha sportchiga esdalik sovg'asi sifatida taqdim etilgandi.



2012 yil yakunlariga ko'ra u faoliyatida to'rtinchi marotaba yilning eng yaxshi engil atletikachisi deb topilgan.

Olimpiada-2016

Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida u 100 metrga yugurish bahslarida 9,81 sekund natijani qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritgan. U ushbu yutug'i orqali ketma-ket uchta Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan ilk sportchiga aylanadi. Keyinroq u 200 metrga yugurish va estafeta bahslaridagi oltin medalni ham begona qilmaydi.

SHahsiy hayoti

Ayni paytda Kingstonda yashaydi. Vest-India Universitetining engil atletika stadionida mashg'ulotlar olib boradi. 2011 yilning oxirlaridan boshlab modeler Lubica Kucerova bilan uchrasha boshladi. Ammo, 2012 yilning mayida tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra hayrlashadilar. Londondagi Olimpiada arafasida esa britaniyalik sportchi Megan Edvards bilan tanishib qoladi. O'sha yilning o'zidayoq ular orani ochiq qiladilar.

Useyn Bolt dunyoning eng badavlat sportchilaridan hisoblanadi. FORBES jurnalining 2012 yilgi hisob kitoblariga ko'ra u sportchilar ichida 20,3 million dollar daromad bilan 63-o'rinni egallaydi. Ushbu summaning 20 millionini reklama va homiylik shartnomalaridan ishlab topadi. SHuningdek, u "Top-100"likka kirgan yagona engil atletikachi hisoblanadi.

2011 yilda Kingstonda Tracks & Records nomli restoran ochadi.

"Manchester Yunayted" futbol klubi muxlisi hisoblanadi. 2011 yilda Bolt engil atletikadan so'ng "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lish istagi borligini aytib o'tdi. O'zining fikricha, tezligi yaxshi futbolchi bo'lish uchun yordam beradi.



Mukofotlari:

Xalqaro engil atletika federaciyasi (IAAF) talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi engil atletikachisi (6): 2008, 2009, 2011, 2012, 2013, 2016.

"Track & Field News" talqiniga ko'ra eng yaxshi engil atletikachi (2): 2008, 2009.

BBC talqiniga ko'ra eng yaxshi horijlik sportchi (3): 2008, 2009, 2012.

Laureus World Sports Award - yil spotchisi (2): 2009, 2010.

Yamaykaning eng yaxshi sportchisi: 2008, 2009, 2011, 2012, 2013.


Erishgan yutuqlari:

2002: O'smirlar o'rtasida jahon chempionati, Kingston - 200 metr - 1-o'rin

2002: O'smirlar o'rtasida jahon chempionati, Kingston - Estafeta 4x100 m - 2-o'rin

2002: O'smirlar o'rtasida jahon chempionati, Kingston - Estafeta 4x400 m - 2-o'rin

2003: O'smirlar o'rtasida jahon chempionati, SHerbuk - 200 m - 1-o'rin

2005: Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari chempionati, Nassau - 200 m - 1-o'rin

2007: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Osaka - 200 m, 2-o'rin

2008: Olimpiada, Pekin - 100 m - 1-o'rin

2008: Olimpiada, Pekin - 200 m - 1-o'rin

2009: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Berlin - 100 metr - 1-o'rin

2009: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Berlin - 200 metr - 1-o'rin

2009: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Berlin - Estafeta 4x100 metr - 1-o'rin

2011: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Tegu - 200 metr - 1-o'rin

2011: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Tegu - Estafeta 4x100 - 1-o'rin

2012: Olimpiada, London - 100 metr - 1-o'rin

2012: Olimpiada, London - 200 metr - 1-o'rin

2012: Olimpiada, London - Estafeta 4x100 metr - 1-o'rin

2013: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Moskva - 100 metr - 1-o'rin

2013: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Moskva - 200 metr - 2-o'rin

2013: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Moskva - Estafeta 4x100 metr - 1-o'rin

2015: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Pekin - 100 metr - 1-o'rin

2015: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Pekin - 200 metr - 2-o'rin

2015: Engil atletika bo'yicha jahon chempionati, Pekin - Estafeta 4x100 metr - 1-o'rin

2016: Olimpiada, Rio - 100 metr - 1-o'rin

2016: Olimpiada, Rio - 200 metr - 1-o'rin

2016: Olimpiada, Rio - 100 metr - Estafeta 4x100 metr - 1-o'rin


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


P.S. Saytimiz orqali yana qaysi yulduz sportchilar haqida mana shunday malumotlarni o'qishni istaysiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring!

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
17 iyu 00:07:02
Doniyor
Рожер федерер, рафаел надал, хуан мартин дел потро
   
17 iyu 07:35:32
G'ayratjon
Federer haqida ko'proq yozinglar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing